Tarixda ilk bor oʻzbekistonlik para velosportchi jahon chempionatida sovrindor boʻldi

    Sport 25 Sentabr 2024 361

    Para velosport boʻyicha terma jamoamiz aʼzolari Shveysariyaning Syurix shahri mezbonlik qilayotgan shosse boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etishmoqda.

    Kecha musobaqaning erkaklar oʻrtasida T1 klassida 11 km masofaga oʻtkazilgan vaqt poygasi bellashuvlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Aziz Otaxoʻjayev 20 daqiqa 30 soniya natija qayd etib, marraga uchinchi oʻrinda yetib keldi va jahon chempionatining bronza medaliga sazovor boʻldi.

    Qayd etish lozimki, Aziz Otaxoʻjayev ushbu natijasi orqali Oʻzbekiston para velosporti tarixida jahon chempionatida sovrindor boʻlgan birinchi sportchiga aylandi.