Tarixiy natija: Husniddin Norbekov uchinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi

    Parijda boʻlib oʻtayotgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Husniddin Norbekov Oʻzbekiston delegatsiyasiga sakkizinchi oltin medalni taqdim etdi.

    Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi kuni delegatsiyamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda.

    F35 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan yurtdoshimiz 16.82 metr natija qayd etib, Paralimpiya rekordini yangilashga erishdi. Shu tariqa, Norbekov hisobidagi Paralimpiya medallari 3 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi.