Tarixiy tilla tangani yashirincha olib chiqib ketmoqchi boʻlgan shaxs ushland

    “Buxoro Aeroporti” chegara bojxona posti va Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari oʻzaro hamkorligida Rossiya imperiyasi davriga tegishli oltin tangani yurtimiz hududidan olib chiqib ketilishining oldi olindi.

    Maʼlumotlarga koʻra, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan ushbu numizmatika ashyosi 1897-yilda zarb etilgan boʻlib, Rossiya imperiyasiga tegishli 15 rubllik oltin tangadir. Unda imperator Nikolay II ning portreti hamda Rossiya imperiyasi gerbi tasvirlangan.

    Maʼlumot oʻrnida oʻtgan 2024-yilda bojxona xodimlari tomonidan 41 ta holat qayd etilib, jami 468 dona qadimiy numizmatika ashyolari mamlakatimizdan olib chiqib ketilishining oldi olingan.