“Tarvuz ham, qovun ham o'ziga xos foydali xususiyatlarga ega. Tarvuzda likopin bor. Mazkur pigment tufayli u qizil tusda. U kuchli atioksidant bo'lib, erta qarish, onkologik kasalliklar rivojlanishining oldini oladi, yurak-qon tomir tizimi uchun foydali, shamollashni bartaraf etadi.

Qovunda esa to'rt baravar ko'p S vitamini mavjud. U ham antioksidantlar manbai. Qovundagi sariq rang bu beta-karotin. Bu  ham ham antioksidant. Qovun qanchalik to'q sariq tusda bo'lsa, unda beta-karotin shuncha ko'p miqdorda bo'ladi”, deydi Yelena Solomatina.

Diyetolog tarvuz va qovun magniy va kaliyga boy ekanini ham qayd etdi, deyiladi radiosputnik.ria.ru saytida.