Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan “Tashabbusli byudjet”da gʻolib boʻlgan loyihalar hududlar kesimida tahlil qilindi.

Eng faol hududlar:

Ovoz berish jarayonlarida eng faol hududlar Qashqadaryo (viloyat aholisining 47foizi), Fargʻona (45,8foiz) va Navoiy (39,7foiz) boʻlgani aniqlandi.

Tuman darajasida esa gʻolib loyihalar orasida Yakkabogʻ, Oʻzbekiston, Uchkoʻprik, Chiroqchi, Koson tumanlaridagi loyihalarini amalga oshirishga eng koʻp ovoz yigʻilganligi maʼlum boʻldi.

Maʼlumot uchun:

Ovoz berish natijalariga koʻra, maktablarni taʼmirlash va jihozlash masalasi fuqarolar uchun eng ustuvor ekani maʼlum boʻldi.

Bu yoʻnalishdagi loyihalarni qoʻllab jami 4,7 mln. ovoz (jami ovozlarning 39,2foizi) toʻplangan.

Mazkur loyihalarga tashabbusli byudjed uchun ajratilgan mablagʻning 42foizi (1,18 trln. soʻm) yoʻnaltirilgan.

Ustuvorlik darajasi boʻyicha keyingi oʻrinlarda ichki yoʻllarni taʼmirlash (3,7 mln), sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va jihozlash (1,4 mln) hamda maktabgacha taʼlim muassasalari(MTM) holatini yaxshilash (465 ming) boʻyicha takliflar joy olgan.

Eng dolzarb sohalar:

Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va jihozlash, ichki yoʻllarni taʼmirlash, sogʻliqni saqlash muassasalari holatini yaxshilash tadbirlari tashabbusli byudjetlashtirish loyihalaridagi eng asosiy yoʻnalishlar boʻlib, gʻolib loyihalarga berilgan umumiy ovozlarining 81,3foizi aynan shu sohalarga tegishli:

- umumtaʼlim maktablari holatini yaxshilash tadbirlari uchun yigʻilgan ovozlar soni boʻyicha yetakchilik qilgan hududlar Namangan (hududiy ovozlarning 63,1foizi), Buxoro (54,9foiz) viloyatlari va Toshkent shahri (61,6foiz) boʻlgan.

Shu bilan birga ushbu soha boshqa hududlarda ham oʻzining dolzarbligini yoʻqotmagan holda yuqori ulushga ega boʻlgan.

- gʻolib loyihalar toʻplagan umumiy ovozlarning 30,6foiz i fuqarolar tomonidan ichki yoʻllarni taʼmirlash tadbirlariga berilgan.

Bu yoʻnalishda eng ilgʻor hududlar sifatida Qashqadaryo (hududiy ovozlarning 65,8foizi), Fargʻona (44,3foiz) va Toshkent (36,2foiz) viloyatlari qayd etilgan.

- sogʻliqni saqlash muassasalari holatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarga berilgan ovozlar umumiy ovozlarning 11,6foiz ini tashkil etib, Toshkent shahri (22,9foiz) hamda Navoiy (20,5foiz), Buxoro (19,8foiz) viloyatlari bu sohada yetakchilik qilishgan.

Sohalar kesimida eng faol tumanlar: - umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha:

Namangan shahri, Yangiqoʻrgʻon, Qoʻshkoʻpir, Asaka va Pop tumanlari (ovozlar soni 86,4 mingdan 124,9 minggacha);

- ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha: Yakkabogʻ, Koson, Chiroqchi, Oltinsoy va Oʻzbekiston tumanlari (124 mingdan 213 minggacha) - sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʻyicha

Samarqand, Buxoro, Namangan, Navoiy va Urganch shaharlari (29,4 mingdan 94,3 minggacha)

Eng faol mahallalar:

- eng faol mahallalar Qashqadaryo, Fargʻona va Namangan viloyatlaridan ekan;

 - eng ovoz koʻp toʻplagan mahallalar:

 Yakkabogʻ tumanidan Darxon (87,1 ming ovoz), Yangi hayot MFY (80,4 ming) hamda Uchkoʻprik tumani Katta Qashqar MFY (46 ming);

- eng koʻp loyihada gʻolib boʻlgan mahallalar: Shahrisabz tumani Xitoy mahallasi (6 ta), Norin tumani Boʻston mahallasi (5 ta) hamda Yakkabogʻ tumani Darxon va Yangi hayot mahallalari (4 ta dan).

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, tashabbusli byudjet loyihalari uchun toʻplangan ovozlar ushbu hududda mavjud muammolarning nechogʻlik dolzarb ekanini koʻrsatish bilan birga hududlarda aholining mavjud muammlorga befarq emasligini ham tasdiqlaydi.

Umuman olganda, soʻnggi yillarda tashabbusli byudjedlashtirish aholini byudjet mablagʻlarini taqsimlash jarayoniga jalb etish orqali muhim ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini beruvchi moliyaviy dastakka aylanib bormoqda.