«Tashabbusli byudjet» loyihalarini aholi va davlat o‘rtasida sherikchilik asosida moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi

    Dolzarb 30 Avgust 2025 1216

    2025-yil 1-oktyabrga qadar «Ochiq byudjet» axborot portalida «Tashabbusli byudjet» doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning interaktiv xaritasi ishga tushiriladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi «Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 2026-yildan boshlab ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.

    Bunda, tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.

    Loyihalar sheriklik asosida moliyalashtirilganda:

    • ovoz berishda ishtirok etmagan holda g‘olib deb topiladi;
    • tegishli mahallalarga tanaffus berish amaliyoti qo‘llanmaydi.

    Shuningdek, 2025-yil 1-oktyabrga qadar «Ochiq byudjet» axborot portalida «Tashabbusli byudjet» doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning interaktiv xaritasi ishga tushiriladi.