Maʼlumki, amaldagi tartibga koʻra, ketma-ket ikki mavsumda gʻolib boʻlgan mahallalar navbatdagi ikki mavsum davomida yangi loyiha kiritish huquqidan vaqtincha mahrum etiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2026-yil 1-mavsumida ishtirok eta olmaydigan mahallalar roʻyxati shakllantirildi.
Ushbu cheklovga tushgan mahallalar bilan tuman (shahar)lar kesimida quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/53
Shu bilan birga, amaldagi qoidalarga muvofiq, 23 ta tuman (shahar)da mahallalar soni 15 tadan kam boʻlgani sababli, mazkur hududlardagi mahallalarga tanaffus qoʻllanilmadi.
Eʼtiborli jihati shundaki, tanaffus qoʻllangan mahallalar ham sherikchilik asosida boshqa mahallalar bilan hamkorlikda loyihalarni ilgari surish imkoniyatiga ega.