Vazirlikning maʼlum qilishicha, ovoz berish bosqichi davomida fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar ishonch raqamiga ovoz yigʻishga majburlash holatlari boʻyicha jami 23 ta shikoyat kelib tushgan.
Eng koʻp Toshkent shahrida — 4 ta, Andijon va Xorazm viloyatlarida — 3 tadan murojaat kelib tushgan.
Sohalar kesimida esa umumtaʼlim maktablari boʻyicha — 10 ta, tibbiyot tashkilotlari boʻyicha — 8 ta, boshqalar — 5 ta.
Eslatib oʻtamiz, kelib tushgan barcha murojaatlar koʻrib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat oʻz tasdigʻini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki gʻoliblar roʻyxatidan ham chiqarilishi mumkin, — deyiladi xabarda.