баннер
21 Mar 2025
23:11

    “Tashabbusli budjet”da targ'ibot bosqichi boshlandi

    Shu yilning 8-10-mart kunlari “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida saralashdan oʻtgan loyihalar uchun targʻibot bosqichi oʻtkaziladi.

    Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Targʻibot bosqichida tashabbuskorlar saralashdan oʻtgan loyihalarni targʻib qilish orqali ovoz berish bosqichiga tayyorgarlik koʻradi.

    Maʼlumot uchun: ovoz berish bosqichi 2024-yilgi 2-mavsumdan boshlab, 20 kundan 10 kunga qisqartirilgan. Shu sababli ovoz berish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish uchun targʻibot bosqichi amaliyotga joriy etilgan.

    Oʻz hududingizdagi mavjud muammolarni hal etishda faol boʻling!

    Telegram kanalimiz
    Text to speech