"Bugungi kunda poytaxtimizdagi Yangihayot tumani hokimligi tomonidan “Xoʻja Uchqun” mahallasidagi Yoshlik koʻchasini gazlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu mahalla 2013-yilda tashkil etilgan boʻlib, shu vaqtgacha gazlashtirilmagan edi. Bu hol oʻz-oʻzidan aholiga koʻplab noqulayliklar tugʻdirib kelgan", deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Mahalla Yangihayot tumaniga oʻtgandan soʻng muammoni bartaraf etish maqsadida, ayni kunlarda ushbu koʻchaga uzunligi 950 metr boʻlgan 76 diametrlik past bosimli gaz quvuri tortildi. 1 dona gaz taqsimlash punkti (GTT) oʻrnatildi, 150 pogonometr gaz quvuri boʻyaldi.

Mahallada ishlar davom etmoqda.