Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan “Natural Gaz Strim” qoʻshma korxonasida ishlovchi, Namangan viloyati Chortoq tumanida roʻyxatda turuvchi D.X. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVga ariza bilan murojaat qildi.

Arizada u oʻziga tegishli boʻlgan bank kartasidan 727.000 soʻm pullarni hamda hamkasbi A.A.ga tegishli bulgan bank kartasidan 22.000.000 soʻm miqdoridagi pullar nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganini maʼlum qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni mazkur korxonada ishlovchi 2001-y.t., S.Oʻ. sodir etganligi aniqlangan.

S.Oʻ. ishchilarning kiyim almashtirish xonasida hamkasblarining bank kartasi boshqaruvini qoʻlga kiritib oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.

S.Oʻ.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.