Aytish joizki, bunday ta'lim tashkilotlari yoshi va individual xususiyatlari, rivojlanish darajasi va sog'lig'ining holatiga asoslanib, rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash, nuqsonlarni korrektsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishga qaratilgan maqbul sharoitlarni yaratish uchun tashkil etilgan.

Buning natijasida tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya faoliyati takomillashtirildi, tasdiqlangan tibbiy ko'rsatmalarga asosan bolalarni joylashtirishning stabil mexanizmlari qonuniy belgilab berildi, nuqsonlarni tashhislash jarayoni yaxshilandi hamda IMTTlarda jismoniy yoki psixik rivojlanishida og'ir nuqsonlari mavjud bo'lgan tarbiyalanuvchilar soni keskin kamaydi.

Respublika bo'yicha 2020 yilning 1 sentyabrya xolatiga ko'ra, IMTTlar soni 147 tani tashkil etib, 2018 yilning xuddi shu davriga nisbatan IMTTlar (188 ta) soni 21,8 foizga kamayganini ko'rsatmoqda. IMTTlarda tarbiyalanuvchilarni soni ham 2018 yilga (21 335 nafar) nisbatan mutanosib 46,8 foizga qisqarib, 2020 yilning 1 sentyabr` holatiga 9996 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2019 yil 30 sentyabrdagi 826-son qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi 49 ta IMTTlarni makbullashtirish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida quvvati 158 ta guruh va 2 370 ta o'ringa ega bo'lgan 18 ta davlat ko'p tarmoqli ixtisolashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini faoliyati yo'lga qo'yilib, hozirgi kunda faoliyat olib borilayotgan 84 ta guruhlarda 959 nafar tarbilanuvchi qatnamoqda va bu umumiy kuvvatga nisbatan 40,4 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, umumiy kuvvati 7 623 o'ringa ega bo'lgan 31 ta umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etildi va Toshkent shahridagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrovni oshirish uchun 4 557 bo'sh o'rinlar yaratildi.

Munojat Mo'minova, 

"Yangi O'zbekiston" muxbiri