Qarorga koʻra, quyidagilar asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilandi:

  • Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining (TIF TN) kodlarini Jahon bojxona tashkiloti va Jahon savdo tashkilotining qoidalari asosida yuritish;
  • import bojxona bojlari va TIF TN kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirish.

Qaror bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasniflash kodlari roʻyxati tasdiqlandi.

2027-yildan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini inobatga olib TIF TNni boj tarifi bilan birgalikda yuritish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.