Uchrashuvda Hamdoʻstlikdan delegatsiya yuborilishi MDHdagi hamkorlarimizning Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlarga katta qiziqishining tasdigʻi ekanligi qayd etildi.
MDH kuzatuvchilariga mamlakatimizda saylov qonunchiligini takomillashtirish, parlament va siyosiy partiyalarning rolini oshirish, siyosiy jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Yaqinda boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik davlatlari rahbarlarining Sammiti va Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi natijalari, erishilgan kelishuvlarning bajarilishi va MDH doirasidagi oʻzaro munosabatlarning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.