Bugun barchamiz ezgulik, xayr-saxovat, mehr-muruvvat kabi amallar bajariladigan Qurbon hayiti bayramini ko'tarinki ruhda nishonlamoqdamiz.
Mazkur ayyom munosabati bilan barcha yurtdoshlarimiz qatori xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni chin dildan tabriklayman.
Ushbu muqaddas kunlarda Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka ato etishini so'rab qolaman.
Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari Sizlarga xizmat qilishni o'zining muqaddas va sharafli burchi, deb hisoblaydi.
Aminmanki, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash va yuksaltirishga o'z hissangizni qo'shishda davom etasiz.
Qutlug' bayram barchamizga muborak bo'lsin!
Abdulaziz Kamilov,
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Tashqi ishlar vaziri Qurbon hayiti munosabati bilan xorijdagi vatandoshlarga bayram tabrigi yo‘lladi
Hurmatli vatandoshlar!
Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi
- Xazonlarni yoqiş taqiqlangan: qoidabuzarlarga jarima solinadi
- “Yaşil konditsioner”– xona ösimliklari uy havosini qanday özgartiradi?
- Xitoyda Özbekiston Prezidenti kitobi naşr etildi
- Xitoy odamlarni Oyga qöndiriş rejasini eʼlon qildi
- 2026-yil 1-noyabr kuni yurtimizda 248,6 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi