Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, Elchini Oʻzbekistondagi faoliyatini boshlagani bilan tabrikladi hamda uning masʼuliyatli lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda Savdo, iqtisodiyot, fan va texnologiyalar, madaniyat, sport va yoshlar masalalari boʻyicha Hukumatlararo komissiyalar majlislarini oʻtkazish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Energetika, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Muloqot chogʻida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.