Shuningdek, toʻqnashuvlar sodir boʻlayotgani va jarohat olganlar haqida xabarlar tarqamoqda.
Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi Nepalda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarni mahalliy hukumat koʻrsatmalariga amal qilishga, xususan, odam gavjum joylardan yiroqda boʻlish, namoyish oʻtkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etishni tavsiya etdi.
«Favqulodda vaziyatlarda Oʻzbekistonning Dehlidagi elchixonasi konsullik boʻlimining +91 94994 85962 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Telefon raqami tunu kun ishlaydi«, — deyiladi xabarda.