Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada boʻlib turgan yurtdoshlarimizni ogohlantirdi

    Voqea-hodisalar 21 Sentabr 2022 1222

    Baʼzi ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasi hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar oʻtkazilishi rejalashtirilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

    Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar koʻp toʻplanayotgan joylarga bormaslikni soʻraydi.

    Eslatib oʻtamiz, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.