Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati yanada takomillashtiriladi

    Moliya 15 Oktabr 2024 517

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi PF-156-sonli Farmoni bilan Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Unga koʻra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

    - bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash muddatlarini birxillashtirish va ularning 120 kundan oshmasligini belgilash;

    - tashqi savdo operatsiyalarida muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklarni hisoblash hamda aktivlarni repatriatsiya qilish tartibini takomillashtirish, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.