Unga koʻra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

- bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash muddatlarini birxillashtirish va ularning 120 kundan oshmasligini belgilash;

- tashqi savdo operatsiyalarida muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklarni hisoblash hamda aktivlarni repatriatsiya qilish tartibini takomillashtirish, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.