Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida oʻtgan tadbirda Kengashning joriy yildagi faoliyati yakunlari va kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda muhokama qilindi.