Joriy yilning 10-18-yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilindi.
Shu munosabat bilan, Maktabgacha taʼlim agentligi Axborot xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida"gi nizom talablari asosida mazkur taʼtil kunlari uchun bogʻcha toʻlovi toʻlanmasligini maʼlum qildi.
Agar taʼtil eʼlon qilingunga qadar bogʻcha toʻlovi amalga oshirilgan boʻlsa, keyingi toʻlovlarni amalga oshirish jarayonida taʼtil kunlari uchun toʻlangan badal summasi hisobga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʻilish bayoniga asosan, taʼtil kunlari davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritadigan xodimlarga amaldagi tartib saqlangan holda ish haqi toʻlanadi.