Mazkur onlayn tanlovda ishtirok etish uchun 23-yanvar soat 23:59 holatiga koʻra 1400 nafar ishtirokchi tomonidan 2000 dan ortiq ijod namunalari “tatildagiyulduzlarmv_bot” ga yuborilgan boʻlib, mazkur tanlovda “Eng yaxshi cholgʻu ijrochisi”, “Eng yaxshi xonanda”(anʼanaviy, akademik, estrada va baxshichilik), “Eng yaxshi raqs ijrochisi” kabi yoʻnalishlarda taqdim etilgan sara ijod namunalari Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov shartlariga koʻra baholandi.
Unga koʻra: 1 oʻrin “Eng yaxshi xonanda” yoʻnalishi boʻyicha Shaxrisabz shahridagi 20-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi estrada xonandaligi boʻlimining 3 sinf oʻquvchisi Gʻofurov Yashnarbek Nodir oʻgʻli
2 oʻrin “Eng yaxshi cholgʻu ijrochisi” yoʻnalishi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikӯl tumani 19-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi baxshichilik sanʼati boʻlimining 5-sinf oʻquvchisi Yelimbetov Daӯыtbek Jumabayevich
3 oʻrin “Eng yaxshi raqs ijrochisi” yoʻnalishi boʻyicha Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani 5-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining Xoreografiya boʻlimi 4-sinf oʻquvchisi Anisimova Sogdiana Yuryevna gʻolib deb topildi.
Eslatib oʻtamiz tanlov gʻoliblari joriy yilning 21-fevral kuni soat 15:00da Madaniyat vazirligida
tanlov shartlarida belgilangan:
1 oʻrin noutbuk
2 oʻrin planshet
3 oʻrin kitoblar toʻplami bilan taqdirlanadi, deb maʼlum qilmoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.