Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialida ham oʻrganuv oʻtkazilmoqda.
Mazkur jarayonda oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv-meʼyoriy hujjatlar, professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilishda shaffoflik taʼminlangani, oliy taʼlim jarayonini boshqarishda axborot tizimidan foydalanish holati, attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bilan bogʻliq qator masalalarga eʼtibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda filialda 1 997 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularga 78 nafar professor-oʻqituvchi taʼlim beryapti.
Qayd etish lozimki, bu kabi oʻrganuvlar Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ham olib borilmoqda, deyiladi inspeksiya axborot xizmati xabarida.