Tashkilotning “hijrat” va “jihod” qilishga, “shahid” ketishga daʼvat qiluvchi, diniy aqidaparastlikni targʻib qiluvchi gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlaydi, materiallarini ijtimoiy tarmoqdagi profillari orqali tarqatadi.

XTT aʼzolari bilan doimiy aloqaga kirishib, tashkilot safida “jihod” amalini bajarish orqali qurolli toʻqnashuvlar va terroristik harakatlarda ishtirok etishni rejalashtiradi.

Bundan tashqari, ushbu fuqaro XTT aʼzolariga bevosita moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida muntazam ravishda pul mablagʻlarini joʻnatadi. Xususan, 2023-2024-yillar davomida umumiy hisobda kriptovalyuta orqali 2912 AQSH dollari va bank kartalari orqali 4 mln 190 ming soʻm pul mablagʻi yuboradi.

Keyinchalik, 2023-2024-yillarda Suriyadagi terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun Qirgʻiz Respublikasi orqali 2 marotaba Turkiya davlatiga boradi. Ammo, Suriya davlatiga oʻtishni imkoni boʻlmagach, XTT aʼzosining koʻrsatmasi bilan Afgʻonistonga borib, “Islom jihodi ittihodi” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qoʻshilishni reja qiladi. Eron davlati orqali Afgʻonistonga oʻtishga uringan ushbu shaxsning rejasi oxiriga yetmay 2024-yilning noyabr oyida qoʻlga olinadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon tumani sudi tomonidan mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining 155-2-moddasi 1-qismi, 155-3-moddasi 2-qismi “a” bandi, 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi va 244-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.