Taxtakoʻpir tumanidagi chekka ovul optik tola orqali yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulanyapti

    Mamlakatimizda 3 Fevral 2022 2475

    “Oʻzbektelekom” AK tomonidan respublikaning eng olis hududlarini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinyapti.

    Jumladan, kompaniyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan 2022-yil yanvar oyi davomida Nukus shahar markazidan 126 kilometr, tuman markazidan esa 16 kilometr uzoqlikda joylashgan “Janadarya” OFY hududidagi 100 dan ziyod xonadonlar GPON texnologiyasi asosida internet tarmogʻiga ulanyapti, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

    Soʻnggi ikki oy mobaynida hududga 14 kilometr uzunlikda optik tolali aloqa liniyasi yotqizilib, 1 024 ta abonentga moʻljallangan OLT qurilmasi oʻrnatilgan.

    Aytish mumkinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlash maqsadida 2021-yilda 3 500 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilib, sifatli xizmat koʻrsatilgan.