Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonunchilikka koʻra, chet elda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini, basharti ular boʻyicha bojxona toʻlovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, sotuvga qoʻyish va chakana savdoda realizatsiya qilish man etiladi;
Bunda ushbu tartib buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq 2024-yil 1-sentyabrgacha rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
— qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalari litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus turdagi tovarlar roʻyxatiga kiritiladi;
— Asillik inspeksiyasining xulosasi boʻlmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi;
— jismoniy shaxslarga ogʻirligi 200 grammgacha boʻlgan kumushdan hamda 65 grammgacha boʻlgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi;
— 2027-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.