баннер
5 Apr 2025
20:55

    Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari kerak?

    Inson huquqlari boʻyicha vakil — Ombudsman tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zoʻravonlik holati toʻgʻrisida kimga va qayerga murojaat qilishi yuzasidan tushuncha berdi.

    Qarorga koʻra, quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:

    • “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimga;
    • ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga;
    • “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga.

    Murojaat boʻyicha 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

    • xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkaziladi;
    • ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholash choralarini koʻradi;
    • profilaktika inspektori xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiradi hamda zaruratga koʻra birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishga doir choralarni koʻradi;
    • ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ularning roziligi asosida birlamchi koʻmak xonasiga joylashtiriladi.

    Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari tomonidan koʻrsatiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech