Qarorga koʻra, quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:

  • “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimga;
  • ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga;
  • “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga.

Murojaat boʻyicha 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkaziladi;
  • ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholash choralarini koʻradi;
  • profilaktika inspektori xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiradi hamda zaruratga koʻra birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishga doir choralarni koʻradi;
  • ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ularning roziligi asosida birlamchi koʻmak xonasiga joylashtiriladi.

Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari tomonidan koʻrsatiladi.