Tadbirda universitetning 2021-yilda ushbu tashkilotning High Impact Ranking reytingida ishtirok etishi borasida muzokaralar olib borilib, bu borada ijobiy kelishuvga erishilgandi.
Ushbu kelishuvning natijasi oʻlaroq, TDYUU “High Impact Rankings” reytingida ishtirok etish uchun ariza taqdim etdi.
Ushbu reytingda 17 ta yoʻnalish mavjud boʻlib, universitet ularning quyidagilarida qatnashadi:
— SDG 4: Quality Education (Sifatli taʼlim);
— SDG 5: Gender Equality (Gender tengligi);
— SDG 8: Decent Work and Economic Growth (Munosib ish joyi va iqtisodiy oʻsish);
— SDG 9: Industry, Innovation and Infrastructure (Sanoat, innovatsiya va infratuzilma);
— SDG 10: Reduced Inequalities (Tengsizlikni qisqartirish);
— SDG 16: Peace, Justice and Strong Institutions (Tinchlik, adolat va kuchli institutlar);
— SDG 17: Partnerships for the Goals (Maqsadlar yoʻlida xamkorlik).
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi