Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda akademiya rektori Yekaterina Ilgova, strategik rivojlanish va tashqi aloqalar bo‘yicha prorektor Aleksandr Permyakov, xalqaro aloqalar bo‘limi migratsiyani qo‘llab-quvvatlash va hisobga olish sektori mudiri Andrey Levchenko, TDYU rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida TDYU rektori Rahimjon Xakimov tomonidan mehmonlarga universitetdagi taʼlim jarayoni, xalqaro hamkorlik va bu borada qilingan va qilinayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida maʼlumot berildi.
O‘z navbatida akademiya rektori Y.Ilgova ham Saratov davlat yuridik akademiyasi haqida maʼlumot berar ekan, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini bildirdi.
Tadbir davomida ikki oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida qo‘shma taʼlim va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlar, konferensiya va tanlovlarda birgalikda ishtirok etish, ilmiy maqolalar, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni chop etish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Shuningdek, kelgusida yuridik texnikumlar o‘rtasida ham aloqalar mustahkamlanadigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, TDYU va akademiya rahbariyati bir-birlarini ikki taʼlim muassasasining tashkil etilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan yubiley tadbirlariga taklif qildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi