“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-399-son) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi.
Bunda:
- “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda “Teatr kuni” tadbirlari oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi;
- “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi boʻlgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritiladi.
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatriga “Akademik” maqomi beriladi.
2026-yil yakunigacha Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri faoliyati zamonaviy namunali teatr sifatida tashkil etiladi.
2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha huquqiy eksperiment tariqasida Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati beriladi.