Teatrshunoslarimiz xalqaro anjumanda

    Istanbul shahrida Yevrosiyo teatrlari assotsiatsiyasi tomonidan «Tunjer Jujen oʻgʻli teatr kunlari» xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.

    Istanbul shahrida Yevrosiyo teatrlari assotsiatsiyasi tomonidan «Tunjer Jujen oʻgʻli teatr kunlari» xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi. Unda Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston va boshqa davlatlardan teatrshunoslar va mutaxassislar ishtirok etdi.

    Xususan, nufuzli tadbirda «Tunjer Jujen oʻgʻli asarlari Oʻzbekiston teatrlari sahnalarida» nomli ilmiy maʼruza bilan Oʻzbekistondan sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Oybek Veysal oʻgʻli Kopadze hamda Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri direktori Botir Tugalov qatnashdi. Anjuman doirasida bir qator taniqli teatr mutaxassislari bilan xalqaro loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.