Xususan, kotib vazifasini bajaruvchi robot yaratgan “Nova robotics” jamoasiga mashinasozlik-muhandislikka ixtisoslashgan “Mustahkam Machinery” kompaniyasi tomonidan 20 000 000 so'm mukofot berildi. Enor-3 ixcham tezkor tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan “Neuron engineering” jamoasiga Turin politexnika universiteti 15 000 000 so'm mablag' bilan mukofotladi. SHuningdek, dasturlash tilini o'rganishga yordam beruvchi veb-ilovasini yaratgan “ALL IN IT” jamoasi esa 15 000 000 so'm mablag'ni qo'lga kiritdi. Sanoat sohasida foydalaniladigan robot-manipulyator prototipini taqdim etgan “Unitech” jamoasiga “Just robotics” kompaniyasi tomonidan 10 000 000 so'm pul mukofoti berildi.

Marosimida marofon ishtirokchilari marofon davrida o'rgangan ko'nikmalari asosida ishlab chiqqan loyihalarining prototiplari namoyish qildilar.
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi 17 sentyabrdan boshlab mazkur dastur orqali o'rta hamda oliy ta'lim muassasalaridan ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash bo'yicha bilimlarni oshirish, shuningdek loyihalar ishlab chiqish hamda tijoratlashtirish ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha mashg'ulotlar, mahorat darslari va amaliy darslar o'tkazdi. "TECHNOWAYS" texnologik rivojlanish marafoni doirasida ilmga chanqoq iqtidorli yoshlar 20 kun davomida «Robototexnika» “3D prototiplashtirish” «Internet buyumlari» «Marketing» “IT” yo'nalishlari bo'yicha 6 ta zamonaviy laboratoriyaning texnik imkoniyatlaridan foydalangan holda onlayn hamda amaliy tarzda o'z loyihalarining protiplarini yaratishga erishdilar.

Eng yaxshi loyihalar tanlab olinib, g'olib jamoalarga «Biznes farishtalar» tomonidan pul mukofotlari, esdalik sovg'alari berildi. Xususan, kotib vazifasini bajaruvchi robot yaratgan “Nova robotics” jamoasiga mashinasozlik-muhandislikka ixtisoslashgan “Mustahkam Machinery” kompaniyasi tomonidan 20 000 000 so'm mukofot berildi. Enor-3 ixcham tezkor tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan “Neuron engineering” jamoasiga Turin politexnika universiteti 15 000 000 so'm mablag' bilan mukofotladi. SHuningdek, dasturlash tilini o'rganishga yordam beruvchi veb-ilovasini yaratgan “ALL IN IT” jamoasi esa 15 000 000 so'm mablag'ni qo'lga kiritdi. Sanoat sohasida foydalaniladigan robot-manipulyator prototipini taqdim etgan “Unitech” jamoasiga “Just robotics” kompaniyasi tomonidan 10 000 000 so'm pul mukofoti berildi.
Bundan tashqari, marafonining yakuniy bosqichiga etib kelgan 11 ta jamoaga Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazining 1 yillik rezident maqomi berildi.