Tadbirda fuqaro S.X. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, tegishli hujjatlari boʻlmagan 12 975 dona “Avifloks” nomli dori vositasini fuqaro A.ga 156 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3–moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.