Aviakompaniyaning tijorat masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari A.Asad, shuningdek “Persian Gulf Tourism” sayyohlik shirkati ijrochi direktori M.Rahmanifar ishtirokida boʻlib oʻtgan muzokaralarda Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida charter va muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Transport vazirligi havo transportini rivojlantirish departamenti rahbari D.Djumayev mamlakatimizga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish, parvozlar geografiyasi kengaytirish va chastotasini koʻpaytirish maqsadida amalga oshrilyotgan islohotlar toʻgʻrisida mehmonlarga batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shuningdek, “Uzbekistan airports” AJ boshqaruv raisining tijorat va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari U.Bektoshev esa Oʻzbekistonning xalqaro aeroportlarida ziyoratchilarni tashuvchi xorijiy aviakompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozlarga toʻxtalib oʻtdi.

Eron aviakompaniyasi rahbariyati bu kabi muloqotlar samarali kelishuvlarga sabab boʻlishi, oʻzaro manfaatli hamkorliklarga yoʻl ochishidan umidvor ekanini izhor qildi. Dastlabki bosqichda aviakompaniya Tehron – Toshkent, Tehron – Buxoro yoʻnalishlarida charter qatnovlarini yoʻlga qoʻyish istagida ekanligini maʼlum qildi.

Aviakompaniya rejalariga koʻra parvozlarni joriy yilning mart oyidan boshlash koʻzda tutilmoqda. Keyinchalik esa parvozlarni muntazam ravishda amalga oshirishga kirishiladi.