Bu haqda davlat ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Jannat Obod bozori Niayesh savdo markazi yaqinida joylashgan. Yong'in savdo pavilyonlari va turli binolarni o'z ichiga olgan 2000 kvadrat metrlik omborda sodir bo'lgan.

Yong'in ko'lamdor bo'lgani uchun uni Tehronning turli burchaklaridan ko'rish mumkin. Yong'in sababi hali ham noma'lum.

Tehron yong'in boshqarmasi vakili voqea joyiga beshta o't o'chirish brigadasi va zarur jihozlar, jumladan, o't o'chirish mashinalari va kislorod ballonlari yuborilganini ma'lum qildi, deb xabar berdi report.az.