O'tgan yil davomida avtomobil` yo'llaridagi 7078 ta ob'ektda nazorat ishlari o'tkazildi.  Mazkur ob'ektlardagi nazorat ishlari natijasida 11949 ta qoida buzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo'yicha buyurtmachi, pudratchi, loyihachi, yo'llarni saqlovchi va boshqa tashkilotlarning mas'ul xodimlariga 7324 ta bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berildi.

 11489 ta qoida buzilish belgilangan muddatlarda bartaraf etilishiga erishildi. 281 ta ko'rsatmalardagi 465 ta qoida buzilishlar ijrosi hududiy davlat inspektorlarining nazorati ostiga olingan.  Nazorat qilish ishlari natijasida 189 ta holat bo'yicha 6512,36 mln. so'mlik sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlar hajmini to'lovdan chiqarish bo'yicha buyurtmachilarga talabnomalar kiritildi.

 Qo'pol ravishdagi qoidabuzilishlarga yo'l qo'ygan va inspektorlar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 99- va 147-modallari asosida tegishli choralar qo'llash bo'yicha 254 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi. Bugungi kunda sudlar tomonidan 227 tasi bo'yicha 271,24 mln.so'm undirilgan.

 Shu kabi 36 ta holatda shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to'g'risida yuqori turuvchi organlariga taqdimnoma kiritildi. Qoida buzilishlar bartaraf etilmagan 7 ta holat bo'yicha materiallar huquq-tartibot organlariga yuborildi.

 Sun'iy inshootlar, ya'ni ko'prik va yo'l o'tkazgichlar  holatini nazorat qilish ishlari bo'yicha 2021 yil davomida  245 ta shunday ob'ektlarda nazorat qilish ishlari o'tkazildi. Natijada 483 ta qoida buzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo'yicha buyurtmachi, saqlovchi va pudratchi korxonalarga 152 ta yozma ko'rsatma berildi. 2,8 mln so'm miqdoridagi sifatsiz bajarilgan ishlar hisobotdan chiqarildi. Mazkur holatlar bo'yicha talabnoma, shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzayotgan mansabdor shaxsni javobgarlikka tortish kabi va boshqa choralar ko'rildi.