Telefonda o'chirilgan fotosuratlarni qanday tiklash mumkin?

    Rossiya texnologik universiteti Sifat menejmenti va sertifikatlash bo'limi boshlig'i Maksim Nazarenko “Praym”ga bergan intervyusida telefonda o'chirilgan fotosuratlarni qanday tiklash mumkinligini aytdi.

    “Fotosuratlar Galereya boʻlimida saqlanadi, odatda telefonidan foydalanadigan har bir kishi suratga olishi mumkin. Ushbu dastur oʻz savatiga ega, savatda foydalanuvchi tomonidan oʻchirilgan barcha fotosuratlar deyarli ikki oy davomida saqlanadi, ularni zamonaviy boshlangʻich maktab oʻquvchisi yordamida tiklashingiz mumkin”, dedi u.

    Ikkinchi yoʻl Internet bilan bogʻliq. Koʻp odamlar oʻzlarining telefonlarini tarmoq xizmatlarining qayd yozuv (yoki akkaunt)lariga ulaydi. Nevaralarini suratga oladigan bobo va buvilar bunday aloqadan bexabar boʻlishlari ham mumkin. Provayderlar turli maʼlumotlarni tarmoq omborlarida saqlashadi, shuningdek fotosuratlarni saqlash uchun alohida dastur mavjud.

    Siz telefonlarni bitta tarmoqqa ulab, ushbu funksiyani oʻzgartirishingiz mumkin, shunda har qanday qurilmadagi barcha fotosuratlar bitta joyda saqlanadi. “Telefoningizdan fotosuratni oʻchirishda, uni tarmoq omboridan oʻchirishga ham alohida eʼtibor berishingiz kerak. Toki u surat hamma uchun mavjud boʻlmasin. Oʻchirilgan narsalar uchun savat ham bor, u yerda siz ham yoʻqotgan fotosuratingizni qidirishingiz va topishingiz mumkin”, — dedi mutaxassis.

    Uchinchi usul baʼzi koʻnikmalarni talab qiladi. Zamonaviy telefon koʻproq kompyuterga oʻxshaydi. Har qanday kompyuterda yoʻqolgan maʼlumotlarni qayta tiklash muammosi paydo boʻladi. Bu muammoni hal qilishning juda koʻp usullari ishlab chiqilgan, telefonlar uchun maxsus dasturlar mavjud.

    Yoʻqolgan fotosuratlar tashqi kartada (odatda SD-kartada), yaʼni telefonning tashqi xotirasida saqlangan boʻlishi mumkin. Ushbu kartani telefondan olib maxsus adapter yordamida kompyuterga ulash lozim.

    Siz telefonning ichki xotirasini kompyuterga toʻgʻri tarzda ulashingiz, ushbu ulanishni sozlashingiz va tarkibni qidirsangiz boʻladi — bu usul yetarli miqdordagi maxsus bilimni talab qiladi.

    “Agar siz telefoningizda olgan fotosuratlaringizni kimdir koʻrishini mutlaqo xohlamasangiz, uni telefon sifatida ishlatmang. Undan faqat kamera sifatida foydalaning: qoʻngʻiroq qilish uchun raqam qoʻymang, muloqot qilish uchun internetga ulanmang. Qolgan barcha holatlarda tiklash usullari mavjud va siz telefoningizni internet xizmatlariga qanchalik faol qoʻshsangiz, yoʻqotgan narsalaringizni topish shunchalik oson boʻladi”, — deya xulosa qildi ekspert.