Samarqand viloyati Bulung'ur tumani IIBga, 1996 y.t., J.A. ariza bilan murojaat qilib, o'ziga tegishli bo'lgan bank kartasidan 8.918.900 so'm pullari noma'lum sababga ko'ra echib olinganligini ma'lum qilgan.
Tekshiruv harakatlari davomida, J.A. Telegram messenjeridagi «Davrbank kredit» soxta botga kirganligi, botda «Davrbank» orqali 20 foiz onlayn mikrokredit olish imkoni kabi yolg'on ma'lumotlarga ishonib, zararli havolaga bank kartasi ma'lumotlarini kiritganligi, so'ng pullar echilganligi ma'lum bo'ldi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Farg'ona viloyatida yashovchi 1999 y.t., M.S. sodir etganligi aniqlangan.
M.S. zararli havola yaratib, Telegram kanallariga tarqatgan holda 300 dan ortiq bank kartalarini boshqaruvini qo'lga kiritib, kartalardagi pullarni talon-toroj qilib, bir qismini «1xBet" onlayn qimor o'yinlariga, qolgan qismini elektron hamyonlarga o'tkazib o'zlashtirganligi aniqlandi.
M.S.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.