Telegram jamoasi Pavel Durovning hibsga olinishiga birinchi marta izoh berdi

    Telegram yoki uning egasi “platformadagi suiiste'molliklar” uchun javobgar ekanligi haqidagi da'volar bema'nilikdir. Bu haqda Telegram News kanali xabarida aytiladi.

    “Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan, Raqamli xizmatlar to'g'risidagi qonunga mos keladi – uning moderatsiyasi sanoat standartlariga javob beradi va doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Telegram bosh direktori Pavel Durovning yashiradigan hech narsasi yo'q va u tez-tez Yevropa bo'ylab sayohat qiladi. Platforma yoki uning egasi ushbu platformadagi suiiste'molliklar uchun javobgar deb da'vo qilish bema'nilikdir”, deyiladi xabarda.

    Dunyo bo'ylab deyarli 1 milliard foydalanuvchi Telegramdan aloqa vositasi va muhim ma'lumotlar manbai sifatida foydalanadi, messenjer jamoasi mavjud vaziyatning tezroq hal etilishini kutmoqda, deya qo'shimcha qildi Telegram kanali, deb xabar beradi tass.ru.