“Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan, Raqamli xizmatlar to'g'risidagi qonunga mos keladi – uning moderatsiyasi sanoat standartlariga javob beradi va doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Telegram bosh direktori Pavel Durovning yashiradigan hech narsasi yo'q va u tez-tez Yevropa bo'ylab sayohat qiladi. Platforma yoki uning egasi ushbu platformadagi suiiste'molliklar uchun javobgar deb da'vo qilish bema'nilikdir”, deyiladi xabarda.

Dunyo bo'ylab deyarli 1 milliard foydalanuvchi Telegramdan aloqa vositasi va muhim ma'lumotlar manbai sifatida foydalanadi, messenjer jamoasi mavjud vaziyatning tezroq hal etilishini kutmoqda, deya qo'shimcha qildi Telegram kanali, deb xabar beradi tass.ru.