Telegram messenjerida soxta “online do‘kon” ochib, firibgarlik qilayotgan shaxs qo‘lga olindi

    Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida yashovchi 31 yoshli Sh.Sh. ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan “nomaʼlum shaxs” tomonidan 460.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan yechib olinganligini maʼlum qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan 59 yoshli А.У. sodir etganligi aniqlangan.

    Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan А.У., Ш.Ш. bilan “Telegram” messenjerining “Kiyim-kechaklar” kanalida tanishib, Ш.Ш.га oʻzini kanal admini sifatida tanishtirgan va uni aldab, tanlangan kiyim-kechaklar uchun yetkazib berish xizmati mavjudligini aytib, oldindan 460.000 soʻm miqdordagi pullarni boshlangʻich toʻlov sifatida oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazib olgandan soʻng yozishmalarni oʻchirib yuborgan va kelishuvga koʻra, kiyim-kechaklar yetkazib berilmaganligi maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,g” qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, А.У.нинг sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b,g” qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.