баннер
24 Apr 2025
17:03

    Telegramda firibgarliklardan himoyalanish boʻyicha yangi fuksiya ishga tushirildi

    Telegramda endi kontaktdan tashqaridagi kimdir birinchi marta xabar yuborganida, batafsil maʼlumot sahifasi taqdim etiladi.

    Bu haqda mazkur ijtimoiy tarmoqning rasmiy xabari paydo boʻldi.

    Qayd etilishicha, endilikda kontaktlardan tashqaridagi kimdir ilk bor xabar yuborganida batafsil axborot sahifasini koʻrinadi.

    Bu hatto javob berishdan oldin firibgarliklarni aniqlash, oʻzini boshqa shaxs qilib koʻrsatadiganlardan qochish va kim bilan suhbatlashilayotganini tasdiqlash imkonini beradi.

    "Bu sahifa sizga yuboruvchi haqida muhim maʼlumotlarni taqdim etadi, jumladan:

    • Uning mamlakati (telefon raqamiga asosan).
    • Siz bilan umumiy guruhlari.
    • Telegramga qachon qoʻshilgani — yangi hisoblarni aniqlashingiz uchun.
    • Foydalanuvchi nomi yoki profil rasmini oxirgi marta qachon yangilagani — toʻsatdan shaxsiy oʻzgarishlarni aniqlashning qulay usuli.
    • Aniq koʻrsatkichlar foydalanuvchining rasmiy hisob ekani, uchinchi tomon tasdiqlashiga ega yoki oddiy foydalanuvchi ekanini koʻrsatadi.
    • Bu yangi funksiya bilan kimga eʼtibor berishni oʻzingiz nazorat qilasiz — endi notanish yuboruvchilardan shubhalanish yoki soxta profillarga aldanish yoʻq. Ehtimoliy hamkor, muxlis yoki yangi doʻst bilan suhbatlashayotganingizdan qatʼi nazar, suhbatlashish yoki suhbatlashmaslikni oson va ishonch bilan hal qilish uchun kerakli axborotlarga ega boʻlasiz", — deyiladi xabarda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech