Telegramda oʻzini Dilafroʻz deb tanishtirgan ayol 59 yoshli erkak boʻlib chiqdi

    U A.X.ga tegishli boʻlgan plastik kartaning maxfiy kodini soxta havola yuborish orqali aldov yoʻli bilan qoʻlga kiribgan.

    Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi 30 yoshli (ayol) A.X. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzining nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartasidan jami 11.557.000 miqdoridagi pul aldov yoʻli bilan yechib olinganini maʼlum qilgan.

    Oʻrganish davomida bu jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 59 yoshli “erkak” A.U. sodir etganligi aniqlandi.

    Unga koʻra, A.U., A.X. bilan “Telegram” messenjerida oʻzini Dilafroʻz deb tanishtirgan va bir dona ayollar kurtkasini 500.000 soʻmga kelishib, A.X.ga tegishli boʻlgan plastik kartasining maxfiy kodlarini soxta havola yuborish orqali aldov yoʻli bilan qoʻlga kirib, jami 11.557.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini yechib olgani maʼlum boʻldi.

    A.U.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

    Qonunga muvofiq, A.U. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.