Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida istiqomat qiluvchi, 1990-y.t. A.D., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida lift ustasi kerakligi boʻyicha eʼlon tarqatganligi, eʼlon boʻyicha notanish foydalanuvchi unga lift tuzatib berishini aytadi.

Hozirda Namangan shahridagi Tibbiyot birlashmasi liftlarini tuzatayotganligini, xizmat xaqqini avvaldan toʻlab berilishi bahonasida uning ishonchiga kirib bank kartasi boshqaruvni qoʻlga kiritib, bank kartasidagi mavjud 10.000.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻzlashtirganligini maʼlum qilib, firibgarga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida yashovchi 1996-y.t., X.A. va 1991-y.t., N.A.lar oʻzaro jinoiy til biriktirib oʻzlashtirganliklari aniqlangan.

X.A. va N.A.larga nisbatan OʻzR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.