Unda joriy yilning o'tgan 3 oy mobaynida Byuro xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ko'lami tahlil qilindi.
Boshqarma faoliyatida asosiy e'tibor "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" maxsus jamg'armalariga o'tkazib beriladigan undiruvlar bilan bog'liq hujjatlar ijrosi alohida nazoratga olingan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yildagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6118-sonli Farmoni talablari asosida davlat foydasiga undiriladigan 5 turdagi ijro hujjatlari bo'yicha joriy yilning 3 oyi davomida undirilgan 5 milliard 313 million so'm pul mablag'i daftarlar bo'yicha tashkil etilgan maxsus jamg'armalarga o'tkazilishi ta'minlangan.