Unga koʻra, viloyat mahalliy byudjetining joriy yil 3-chorak yakunida iqtisod qilingan mablagʻlari hisobidan Quyi Chirchiq, Bekobod, Boʻka tumanlaridagi “Temir daftar”larga kiritilgan 100 nafar ehtiyojmand oilani qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash uchun 2 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.
Ayni paytda Boʻka tumanidagi xonadonlarda mazkur qurilmalarni oʻrnatish jarayonlari boshlangan.