Bugungi kunda mahallalarda aholining ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” tashkil etilgan boʻlib, mazkur toifadagi fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyatida ushbu daftarlarga kiritilgan aholi uchun bepul parrandalar tarqatilmoqda. Xuddi shunday tadbirlar Navbahor tumanida boʻlib oʻtdi.

Unda aholiga “Loman braun” zotli tovuqlar tarqatilayotgan boʻlib, mazkur tovuqning bir donasi bir yilda oʻrtacha 240 dona tuxum beradi. Agar mazkur tovuqdan 300 bosh parvarish qilinsa jami xarajatdan tashqari oʻrtacha oyiga 800 ming soʻm atrofida daromad olish mumkin.

Ayni paytda aholiga bepul tovuqlar tarqatish tadbirlari davom etmoqda.