Bundan avval universitet rektori Akbar Tashkulov talabalar yotoqxonasiga tashrif buyurib, ular bilan yaqindan suhbatlashdi. Ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan ayni davrda zamonaviy bilimlarni puxta oʻzlashtirishda talabalarga kompyuter juda zarur. Shu bois unga ehtiyoji bor talabalarga kompyuterlar sovgʻa qilindi.

Shuningdek, prorektor va dekanlar tomonidan oʻrganishlar olib borilib, munosib talabalarga kompyuterlar berilishi davom etmoqda.

Shermuhammad Dehqonov,

Huquqshunos bloger